Sud tomonidan o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan shaxslar, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilgani uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxslar, Jinoyat kodeksiga binoan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat hisoblanadigan qilmishlarni sodir etgani uchun boshqa davlat hududida ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni o‘tayotgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan ma’muriy nazorat o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda Senat yalpi majlisida muhokama qilingan O‘zbekiston qonunida ma’lum qilingan.
28 fevral kuni o‘z ishini boshlagan Senat XVIII-yalpi majlisida «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida»gi qonun ko‘rib chiqildi.
Qonunda quyidaga asosiy tushunchalarga aniqlik kiritilmoqda:
- ma’muriy nazorat;
- ma’muriy cheklov;
- nazorat ostidagi shaxs;
- nazorat ostidagi shaxsning yashash joyi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, bundan tashqari, nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan o‘rnatilishi sudning sodir etilgan qilmishning xususiyati hisobga olingan holdagi qarori asosida ma’muriy cheklovlarga aniqlik (alkogolli ichimliklarni iste’mol qilishni taqiqlash va h.k.) kiritilmoqda va ular to‘ldirilmoqda.
Shu bilan birga, qonunda belgilanishicha, qo‘llaniladigan ma’muriy cheklovlar sud tomonidan ichki ishlar organlarining taqdimnomasi yoki nazorat ostidagi shaxsning yoxud uning vakillari arizasi, shuningdek, mehnat jamoasi, jamoat birlashmalari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining iltimosnomasiga ko‘ra, qisman bekor qilinishi mumkin.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi