Foto: Qoʻshrabot tumani IIB/Oʻgʻirlangan Nexia
2019 yilning 19 fevral kuni soat taxminan 19:30 atrofida oʻta xavfli retsidivist I.A. Qoʻshrabot tuman Ozod mahallasi Qoraqismoq qishlogʻida yashovchi fuqaro J.V.ning Nexia rusumli avtomashinasini olib qochgan.
Qoʻshrabot tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi boshligʻi Zokir Ochilovning “Daryo”ga maʼlum qilishicha, I.A. va J.V. yaqin qarindrsh boʻlgan. Ular birgalikda tumandagi Kuralos mahallasida joylashgan “Afsona” doʻkoni yoniga kelgan. J.V. oʻt oldirish kalitini avtomashinaga qoldirib, doʻkonga tushib ketganidan foydalanib I.A. mashinani olib qochib, voqea joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida I.A. qoʻlga olinib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, I.A. 1995 yildan buyon Jinoyat Kodeksining turli moddalari boʻyicha sudlanib, muntazam ravishda jazo oʻtab kelgan. Xususan, I.A. soʻnggi bor Jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax shahar sudining 2016 yil 16 avgustdagi hukmiga asosan Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi, 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. U Jinoyat Kodeksining 34-moddasi 3-qismi “b” bandiga asosan oʻta xavfli retsidivist deb topilgan, Jinoyat ishlari boʻyicha Koson tuman sudining 2018 yil 25 avgustdagi ajrimiga asosan oʻtalmay qolgan 3 yil 11 oy 21 kun jazo muddati manzil koloniyaga oʻtkazilgan.
2018 yilning 2 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati IIB 10-son Jazoni ijro etish koloniyasidan Jizzax viloyat IIB 30-son manzil koloniyaga keltirilgan. I.A. ushbu koloniyada jazo muddatini oʻtab turib, jazoni oʻtashdan boʻyin tovlab koloniya hududidan chiqib ketib, navbatdagi oʻgʻrilikni sodir etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi