
Oʻrta maktabning chaqiriqqa qadar yoshlarni tarbiyalovchisi 11-sinf oʻquvchisi qorniga musht tushirdi. Oʻquvchi kasalxonaga yotqizildi.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, hodisa Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida joylashgan oʻrta maktabda, 2019 yilning 23 fevral kuni sodir boʻlgan.
Chaqiriqqa qadar yoshlarni tarbiyalovchisi D.B. sinf xonasida oʻzaro janjal oqibatida shu maktabning 11-sinf oʻquvchisi J.X.ning qorniga qoʻli bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada J.X. kasalxonaga yotqizilgan. D.B. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar