
Toshkentdan Sankt-Peterburgga uchib kelgan yoʻlovchi samolyotining “Pulkovo” aeroportida uchish-qoʻnish yoʻlagidan tashqariga chiqib ketishiga yomon ob-havo sharoiti va yoʻlakning holati sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Bu haqda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz maʼlum qildi.
Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 21:59da qoʻngan, biroq samolyotni boshqarish vaqtida yoʻlakdan chiqib ketgan. Samolyot bortida 241 nafar yoʻlovchi, 15 nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
“RF tergov qoʻmitasi va Rosaviatsiya “Pulkovo” aeroportidagi hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda”, deyiladi aviakompaniya xabarida.
Hodisa sabab HY632/02MAR19 reysining uchirilishi vaqti koʻchirildi. Aviakompaniyaning Sankt-Peterburgdagi vakolatxonasi ushbu reys yoʻlovchilarini mehmonxonada joylashtirish chorasini koʻrdi. Mazkur reysga oid maʼlumotlarni aviakompaniyaning Sankt-Peterburgdagi vakolatxonasidan +7-911-780-00-11 raqamiga hamda “Toshkent” aeroportining +99878-140-28-01, +99878-140-28-02, +99878-140-28-03, +99878-140-28-04 raqamlariga qoʻngʻiroq qilib olish mumkinligi aytilmoqda.
Rossiya tergov qoʻmitasi va Rosaviatsiya “Pulkovo” aeroportidagi holat yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar