
Toshkent shahrining bir tumanidan ikkinchi tumaniga doimiy propiskani koʻchirish uchun qayerlarga borish va qanday hujjatlar taqdim qilish lozim? Quyida shu savollarga javob beramiz.
Propiskadan chiqish
Misol uchun, Toshkentning A tumanidan B tumaniga doimiy propiskani koʻchirish uchun eng avvalo A tumanidan roʻyxatdan chiqish kerak boʻladi. Buning uchun:
- A tuman ichki ishlar boʻlinmasiga (xalq tilida GOM deyiladi) boriladi, u yerda 16-forma olinadi;
- 16-forma bilan A tuman mudofaa ishlari boʻlimiga (voyenkomat) borib, u yerdan harbiy guvohnomani roʻyxatdan chiqarish kerak;
- soʻng yana A tuman ichki ishlar boʻlinmasiga borib, propiskadan chiqish uchun ariza yoziladi va 16 ming soʻm toʻlanadi;
- propiskadan chiqarib berish muddati 5 ish kunini tashkil qiladi.
Talab qilinadigan hujjatlar
- propiskadan chiqayotgan shaxsning pasporti (asl nusxa);
- uy egasining pasporti (asl nusxa);
- harbiy guvohnoma (asl nusxa);
- uy hujjati (kadastr);
- 16-forma.
Propiskaga qoʻyish
A tumandan propiskadan chiqqach, B tumanga propiskani qoʻyish uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
- mudofaa ishlari boʻlimiga borib, harbiy guvohnoma roʻyxatga qoʻyiladi;
- keyin B tuman fuqarolik va migratsiyani rasmiylashtirish boʻlimiga (pasport stoliga) boriladi;
- hamma hujjatlar joyida boʻlsa, oʻsha joyning oʻzida propiskaga qoʻyiladi.
Talab qilinadigan hujjatlar
- propiskaga kirayotgan shaxsning pasporti (asl nusxa);
- uy egasining pasporti (asl nusxa);
- uy egasining roziligi;
- harbiy guvohnoma (asl nusxa);
- uy hujjati (kadastr);
- 16-forma.
Oʻzbekistonning boshqa hududlarida ham deyarli shunday tartib joriy etilgan. Faqat viloyatlarda propiska bu darajada dolzarb boʻlmagani uchun unchalik muammo tugʻdirmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar