Qatar poytaxti Doha shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Qatardagi “Tolibon” harakati siyosiy ofisi rahbari mulla Barodar Axund bilan amaliy uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev ham ishtirok etdi.
Mulla Barodar Axund Oʻzbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Afgʻonistondagi tinchlik jarayoniga koʻmaklashishga qaratilgan siyosatini yuqori baholadi. U oʻtgan yilning mart oyida oʻtkazilgan hamda afgʻon mojarosini tinch yoʻl bilan hal etish borasidagi xalqaro saʼy-harakatlarning faollashishiga kuchli turtki bergan Afgʻoniston boʻyicha Toshkent konferensiyasi ahamiyati va yakunlarini ham alohida taʼkidladi.
Bundan tashqari “Tolibon” harakati rahbariyati vakili transport, energetika va taʼlim sohalaridagi muhim iqtisodiy loyihalarni Afgʻonistonda amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston tashabbuslarini ijobiy baholadi. Uning alohida qayd etishicha, Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihalari nafaqat Afgʻonistonning iqtisodiy rivojlanishiga, balki mamlakatda toʻla qonli siyosiy jarayon boshlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Natijada Afgʻoniston kelajakda Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasida “ishonch va hamkorlik koʻprigi” boʻlishi mumkin.
Mulla Barodar Afgʻonistonda tinchlik jarayonini yanada taraqqiy ettirish borasida Oʻzbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini maʼlum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi