
Yangi metropoliten qurilibdi. Yoʻnalishlar va bekatlar soni 100 dan ortiq emish. Bu mish-mishmi yoki haqiqatligini bilishni istadim. Qiziq?! Yoʻlovchi sifatida tushib koʻrmoqchi boʻldim.
Kassa atrofi odamlar bilan gavjum, navbat kuta-kuta tangacha oldim. Shoshib tushishim bilanoq poyezd keldi. Katta yozuvlarda yozilgan “HAYOT POYEZDI” qarshimda toʻxtadi. Olomon oʻzini vagon ichiga urdi. Eshiklar yopilib, poyezd yoʻlga tushdi. Bir oz oʻtib, suxandonning yoqimli ovozi eshitildi:
Keyingi bekat “Insofsizlik”.
Hayron qoldim. Eshiklar ochilishi bilan odamlar tushib-chiqdi.
Keyingi bekat “Axloqsizlik”.
Soʻng “Kibr” bekati nomi ham jarangladi. Soniyalar, daqiqalar, soatlar oʻtyapti, men hali hamon vagondaman. Qulogʻimga “Oqibatsizlik”, “Ochkoʻzlik”, “Taʼmagirlik”, “Mehrsizlik” bekatlaridan oʻtdim.
Shu koʻyi yoʻlda boraverdim. Oldimda hech kim qolmadi. Kutilmaganda “Oxirgi bekat “Vijdon” degan ovoz eshitildi. Yuzimga tabassum yugurdi. Chiroqlar oʻchiq, sovuq joyni koʻrib nima qilishni bilmay qoldim. Metropoliten xodimi oldimga keldi.
– Sizga chiqish yoʻlini koʻrsataman. Bu bekat toʻliq qurib, tugatilmagan. Siz birinchi yoʻlovchi boʻlib keldingiz.
Men boʻlsam, “Vijdon” bekati tezroq ishga tushib, insonlar manziliga yetib kelsin deya chiqib ketdim.
Zarnigor AHMEDOVA
Manba: Qalamtarosh telegram kanali
Yangi MetropolitenPoyezd YoʻlgaBekat InsofsizlikBekat AxloqsizlikBekat KibrBekat OqibatsizlikBekat OchkoʻzlikBekat TaʼmagirlikBekat Mehrsizlik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar