Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
“Telegram”dagi “Davletov.uz” kanali mazkur qarorning eʼtiborga molik jihatlariga eʼtibor qaratgan.
Qarorga muvofiq “Har bir – oila tadbirkor” dasturi doirasida:
— nazarda tutilgan loyihalar va tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
— imtiyozli kreditlar aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yillik 8 foiz stavkada 3-6 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ajratiladi.
— “Har bir oila — tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” va boshqa shu kabi maqsadli dasturlar asosida aholiga imtiyozli kreditlar endilikda Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari xulosasi asosida ajratiladi.
Belgilanishcha, bunda dastlab shartnoma asosida loyiha egasi (kredit oluvchi)ga mahsulotlar (masalan, qoramol) yetkazib beriladi, loyiha egasi (kredit oluvchi) yetkazib berilgan mahsulotdan qanoatlanish hosil qilgandan soʻng tegishli mablagʻlar bank tomonidan mahsulot yetkazib beruvchining hisobraqamiga oʻtkazib beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi