date
views 4 479

Koʻylak yoqasiga yashirilgan kumushlar fosh boʻldi

Koʻylak yoqasiga yashirilgan kumushlar fosh boʻldi
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Shovot” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qimmatbaho metallarni yashirincha olib kirish holatiga chek qoʻyildi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Oʻzbekistonga piyoda ravishda kirib kelgan fuqaro F.U. belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona nazoratidan oʻtkazildi. Aniqlanishicha, fuqaro F.U. shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilganda, bojxona xodimlarining ogʻzaki soʻrovi paytida maʼlum qilinmagan, ogʻirligi 34,3 gramm boʻlgan 8 dona ayollar kumush taqinchoqlarini koʻylagi yoqasining ichiga tikib olgani fosh boʻldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koʻylak yoqasiga yashirilgan kumushlar fosh boʻldi
-->