4 828
Ozodbek Nazarbekov boshchiligida bir guruh sanʼatkorlar Namanganga tashrif buyurdi (foto)
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Ozodbek Nazarbekov hamda bir qator sanʼatkorlar va masʼul tashkilot vakillari bilan birgalikda Namangan viloyatning musiqa va sanʼat maktablarida boʻldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan Oʻzbekiston Xalq artisti Yoqub Ahmedov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Fathulla Maʼsudov, Farhod Abdullayev, Samandar Hamroqulov hamda “Nihol” mukofoti sovrindori Malika Egamberdiyevalar Kosonsoy, Toʻraqoʻrgʻon, Namangan shahar Bolalar musiqa va sanʼat maktablariga tashrif buyurdi.
Tashriflar doirasida isteʼdod egalari bilan samimiy ijodiy uchrashuv va mahorat darslari boʻlib oʻtdi.
Madaniyat vazirligi tomonidan Ozodbek Nazarbekov boshchiligida Namangan shahar Madaniyat markaziga oʻzbek xalq cholgʻu sozlari sovgʻa qilindi.
Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati
Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati
Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati
Shuningdek, bolalar musiqa va sanʼat maktabi hovlisiga bugungi yosh nihollar kuni kelib chinorlarga aylansin deya yaxshi niyat bilan yoshlar bilan birgalikda koʻchatlar ekildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi