15:47 / 15.03.2019
4 436

Humo Arena ochilish marosimida 6000 nafar mehmon ishtirok etadi

Humo Arena ochilish marosimida 6000 nafar mehmon ishtirok etadi
Bugun, 15 mart kuni Toshkent shahrida Humo Arena muz saroyi majmuasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Ochilish marosimi oldidan majmua qurilishida ishtirok etgan “PI ARЕNA” va “Wind Rose” tashkilotlarining, sport jamoatchiligi, mahalliy va xorijiy OAVlar vakillari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi “Daryo” nashri.

“Humo Arena” koʻp tarmoqli muz arenasi (12 500 oʻrinli) boʻlib, kichik mashq arenasi (200 oʻrinli), mashq zallari, sport muzeyi va boshqa koʻplab obyektlardan iborat majmuadir.

Oʻzbekistonda ilk marta bunyod etilgan mazkur nufuzli inshoot qishki sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish jarayoni jahon talablari darajasida oʻtkazilishini taʼminlaydi, mamlakatimizda yirik xokkey va boshqa sport musobaqalarini oʻtkazish imkonini beradi.

Mazkur tadbirni yoritish uchun mahalliy va Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Rossiya, Ozarbayjon kabi xorijiy davlatlar OAVlarining 300 ga yaqin vakillari va blogerlar taklif etilgan. Tadbirga jami boʻlib 6 000 mingdan ortiq mehmonlar taklif etilgan.

Tadbir konsepsiyasini tayyorlash va uni roʻyobga chiqarishni taʼminlash Oʻzbekistonning “DRC evens companys”iga va tantanali marosimlar va sport tadbirlarini tashkillashtirish boʻyicha dunyoda katta tajribaga ega boʻlgan “E-Elements Entertainment” (Germaniya) kompaniyasi mutaxassislariga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimining bosh rejissyori Xans Kristof Myuyeke hisoblanadi. U va uning jamoasi tomonidan Shvetsiyada boʻlib oʻtgan Yevropa xokkey chempionlar ligasining finali, Taypeyda oʻtkazilgan 29-chi Jahon yozgi universiadasining ochilish va yopilish marosimlari, Turkiyaning Mersin shahrida boʻlib oʻtgan Oʻrta Yer dengizi oʻyinlarining ochilish va yopilish tantanalari, Germaniyaning Berlin shahrida Yengil atletika boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatining tungi nur shousi, Qatarda oʻtkazilgan tennis boʻyicha jahon chempionatining ochilishi hamda Abu-Dabida boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha oʻsmirlar chempionatining ochilish marosimi va boshqa koʻplab yirik tadbirlar tashkillashtirilgan.

Rejissyor Konrad Kushel va uning yordamchilari Folker Xagen va Xennig Shleter tomonidan sahna va muzdagi barcha namoyishlar mazmuni rejissurasi yagona garmonik harakatlarga uygʻunlashtirilgan.

Loyihaning bosh prodyuseri yosh, tajribali va iqtidorli mutaxassis, Badiiy akademiya aʼzosi, nafaqat mamlakatda, balki Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston, Chexiya, Italiya va boshqa davlatlarda oʻtkazilgan yirik koʻrgazmalarni tashkillashtirishda ishtirok etib, bu borada katta tajribaga toʻplagan Murod Ibrohimovdir.

Tantanali ochilish marosimining ssenariysi oʻzbekistonlik mutaxassis Baxtiyor Irmatov tomonidan tayyorlangan boʻlib, u mamlakatimiz ijodiy jamoalari va sport maktablarida oʻtkazilgan koʻplab tadbirlarda koordinator sifatida ishtirok etgan. Shuningdek, u dunyoning 30 ga yaqin davlatida oʻtkazilgan koʻrgazma, ekspozitsiya va taqdimotlarda mamlakatimizni taqdim etgan.

3D animatsiyalari ishlanmasi va nur effektlari germaniyalik dizayner Tomas Myuller tomonidan Oʻzbekistonning “Voyager films” kompaniyasi bilan uzviy hamkorlikda tayyorlangan. Bu mutaxassis Oʻzbekistonda ishlash boʻyicha katta tajribaga ega boʻlib, Samarqand shahrida oʻtkaziladigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining nur shousi va mepping tasvirlari boʻyicha namoyishchisi hisoblanadi.

Tabdirga oʻzbekistonlik sanʼat yulduzlari hamda rossiyalik taniqli sanʼatkorlar Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov va Dima Bilanlar ishtirokidagi konsert dasturi bilan yakun yasaladi.

Sahna namoyishlarini ijro etishda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Sportning qishki va murakkab texnik turlari boʻyicha oliy sport maktabi, Oʻzbekiston figurali uchish uyushmasi, Muz xokkeyi fideratsiyasi, xokkey boʻyicha birinchi Oʻzbekiston chempionatining ishtirokchilari – “Binokor”, “Humo”, “Semurgʻ” va “Toshkent” klublari, gimnastika, qilichbozlik, kurash, dzyudo federatsiyalari, Oʻzbekiston Madaniyat ishlari vazirligi huzuridagi davlat filarmoniyasi vakillari qatnashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Humo Arena ochilish marosimida 6000 nafar mehmon ishtirok etadi