19:16 / 17.03.2019
5 287

Toshkentda 19 yashar yigitdan 500 dollar talab qilgan ayollar ushlandi

Toshkentda 19 yashar yigitdan 500 dollar talab qilgan ayollar ushlandi
19 yashar Erkin I. Mirzo Ulugʻbek tuman IIBga tamagirlik holati yuzasidan murojaat qildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Yigit undan 500 AQSH dollari talab qilayotgan 31 yoshli Durdona I. va 33 yashar Mahfuza X. ga nisbatan chora koʻrishni soʻragan. Ayollar pul berilmagan taqdirda Erkin ularni goʻyoki zoʻrlagani haqida huquq-tartibot idoralariga arz qilish bilan qoʻrqitgan.

Talab qilingan summani olayotgan paytda ikki ayol ashyoviy dalil bilan ushlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 19 yashar yigitdan 500 dollar talab qilgan ayollar ushlandi