Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Behzod Musayev nomidan yuritilayotgan Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi soxta akkaunt ochish uchun Buyuk Britaniyaning London shahrida roʻyxatdan oʻtgan telefon raqami ishlatilgan. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi xabar tarqatdi.
“Oʻzbekiston Davlat soliq qoʻmitasi raisi Behzod Musayev nomidan Facebook ijtimoiy tarmogʻida yaratilgan soxta akkauntlarni oʻrganish davomida, ularni qayd etish uchun Buyuk Britaniya poytaxti – Londonda roʻyxatga olingan telefon raqamlari koʻrsatilgani aniqlandi. Shu munosabat bilan, DSQ rahbariyati Facebookʻka murojaat qilib, ularning obroʻ va ishchanligiga putur yetkazayotgan soxta akkauntlarni yopishni soʻradi”, — deyiladi xabarda.
Qoʻmita xabariga koʻra, Facebook ijtimoiy tarmogʻida qoʻmita rahbari nomidan soxta akkaunt faol ravishda turli izoh va postlar qoldirmoqda. Aslida Musayev tarmoqda roʻyxatdan oʻtmagani bildirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi