
Rossiyalik oʻzbek milliarderi Alisher Usmonovning sobiq kelini Diyora Usmonova Qozogʻistonda oʻzining bolalar liboslari doʻkoni tarmogʻini ochdi.
Diyora Usmonova oʻzining Instagramdagi sahifasida Qozogʻistonga boʻlgan ilk safarining taassurotlari bilan boʻlishdi. Maʼlum boʻlishicha, Diyora Usmonova qoʻshni mamlakatga Bibiona liboslar doʻkoni tarmogʻining filialini ochish maqsadida tashrif buyurgan.
Ilgari hech qachon Qozogʻistonda boʻlmaganman, lekin men bu yerda uchratgan barcha insonlar judayam ochiqkoʻngil, iliq va doʻstona. Biz (oʻzbeklar) siz bilan bir mintalitet, oʻxshash madaniyat, til va qadriyatlarga ega xalqmiz, bizning bu doʻstlik va birodarligimiz umrbod davom etsin. Bibiona ning 4-doʻkonini aynan shu yerda ochganimizdan judayam xursandman, - deb yozdi Diyora Usmonova oʻz sahifasida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar