Davlat bojxona qoʻmitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida Toshkent halqaro aeroporti orqali yurtimizga narkotik moddalarni olib kirishga uringan shaxs toʻxtatib qolindi.
Xorijdan Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro Z.Q. (ism shariflari oʻzgartirilgan) “yashil” yoʻlakdan harakatlanish chogʻida toʻxtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona nazoratdan oʻtkazildi.
Natijada, uning yuklari orasida 34 dona rangsiz paketchalarga qadoqlangan holda shokolad qutisiga solingan, toʻq jigarrangli, oʻziga hos oʻtkir hidga ega, shubhali moddalar borligi aniqlandi.
Ekspertiza xulosasiga koʻra, ushbu fuqarodan ashyoviy dalil sifatida olingan moddalar vazni 200,75 grammni tashkil etuvchi opiy giyohvandlik vositasi ekanligini tasdiqladi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi
Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi