Prezident Shavkat Mirziyoyev maqbarada amalga oshirilgan qurilish-taʼmirlash ishlarini koʻzdan kechirdi. Bu yerga imom-xatiblarni jalb etib, ularga allomalarimiz maʼnaviy merosini toʻgʻri va chuqur oʻrgatish, xalqimizga yetkazish boʻyicha topshiriqlar bergani haqida prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
– Kitobda oʻqish boshqa, ziyorat qilib, yurakdan oʻtkazib oʻrganish boshqa. Bu joy maʼrifat markazi boʻlishi, odamlar oʻziga ilm olib ketishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Oʻtgan yil 16 fevral kuni viloyatga tashrif chogʻida Prezidentimiz “Yetti pir” maqbaralarini obod qilish, ularni bogʻlovchi turizm yoʻnalishi tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi.
Davlat rahbari bu maskanlarni obod qilish bilan birga “Yetti pir” haqida kitob yaratish, ularning ilmiy merosini targʻib etish zarurligini aytdi.
– Bunday maʼnaviy xazina boshqa hech qayerda yoʻq. Bu xazinani mukammal oʻrganish, odamlarga, yoshlarga oson tilda yetkazish kerak. Maqsadimiz – yoshlarimiz oʻzimizning allomalarga ergashsin, merosini bilsin, ular bilan faxrlansin, – deb taʼkidlab oʻtdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi