Kuchli yogʻingarchiliklar oqibatida Qashqadaryo viloyatining togʻli hududlaridagi qishloqlarga sel kelgan. Bu holatlardan biri aks etgan videoni hududda yashovchi fuqarolardan biri UZ24ʻga yoʻlladi. Tabiiy ofat Kitob tumani Doniyor Shayx qishlogʻida sodir boʻlgan. Kuchli sel yoʻllarni yuvib ketgan.
Hozircha talafotlar va jabrlanuvchilar toʻgʻrisida maʼlumot yoʻq.
Eslatib oʻtamiz, Favqulodda vaziyatlar vazirligi 27—30 mart kunlari Oʻzbekistonning togʻli va togʻoldi hududlarida sel kelishi xavfidan ogohlantirib, togʻli va togʻoldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholini ehtiyot choralarini koʻrishga va favqulodda holatlar yuzaga kelganida 1050 telefon raqami orqali murojaat qilishga chaqirgandi.
Ayni paytda Samarqandda kuchli yomgʻir oqibatida bir qator markaziy koʻchalar suv ostida qolgan. Shaharda yomgʻirdan hosil boʻlgan toshqinlar bartaraf etilayotgani maʼlum qilindi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi