Foto: UzNews
2019 yil 30 mart kuni soat 14.00 da Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga qotillik holati haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda “Daryo” Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, shu kuni taxminan soat 13:55 da Mirzo Ulugʻbek tumani, Sayram koʻchasi, 3a-uydagi xonadon oshxonasidan ushbu manzilda yashagan ayolning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.
Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi rahbari Surayyo Rahmonovaga koʻra, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi