
“Meva qahramoni” deb e’tirof etilgan, barcha insonlar sevib iste’mol qiluvchi, bahorning o’rtalarida uyalib, yer yuzasiga ikki yuzini qizartirib mana men deb chiquvchi- qulupnayning tarkibida:
- vitamin- C, A, E, PP, B1, B2;
-kislotalar- tannik, foliy, aspartik, ellagik;
-kimyoviy elementlar- temir (Fe), kalsiy (Ca), mis (Cu);
-boshqa moddalar- karotin, pektin, sellyuloza, antosiyanin.
Foydali xususiyatlari:
-ko’rish qobilyatini tiklashi mumkin;
-epiteliy to’qimalarini sog’lig’ini saqlab turadi;
-karotin va A vitamini bo’lgani uchun kechada ko’rlikni kamaytirishi mumkin;
-hazm qilishda ham ishtirok etadi;
-ich qotib qolishini yaxshilaydi;
-tarkibidagi B1 vitamini asab tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi;
-B2 vitamini ko’zning nuriga ham foyda;
-mevasi yurak faoliyatini yaxshilab, immunitetni oshiradi;
-sharbati ishtahani ochadi;
-ichaklarni tozalaydi;
-buqoqning oldini oladi;
-jigar va buyrakning yaxshi ishlashiga, qabziyat va anemiyaga qarshi qo’l keladi;
-foliy kislotasiga boyligi sababli xotirani mustahkamlaydi;
-qulupnay mevasini ezib, smetana bilan aralashtirib, yuz terisiga surtsangiz ajin tushishini oldini oladi hamda yuzni tetiklashtiradi;
-qulupnay mevasini ezib, ozgina limon sharbati qo’shasiz va sepkillar ustiga surtsangiz, sepkillaringiz ko’zga tashlanmaydigan bo’lib qoladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar