
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalarning to‘lov-kontrakt summalarini kamaytirish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Bildirilishicha, oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalar doimiy tarzda ta’lim muassasasida o‘qishmaydi, stipendiya olishmaydi.
“Ammo ularning kontrakt to‘lovlari kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydigan talabalar bilan bir xil”, - deb yozadi murojaat muallifi.
“Taklifim, sirtqi ta’lim shaklida o‘quvchi talabalarning kontrakt to‘lovlari summasini kamaytirish lozim”, - deyiladi petitsiyada.
Qayd etilishicha, shunda talabalar uchun ta’lim olish yanada osonlashadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar