Toshkent shahar Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasining shaxsiy tarkibi butunlay yangilanadi. Bu haqda Kun.uz’ga Davlat soliq qo‘mitasidagi manba xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi davomida Toshkent shahridagi qator tumanlar davlat soliq inspeksiyalari shaxsiy tarkibini yangilash haqida topshiriq bergan.
Shuningdek, yig‘ilishda Toshkent shahrining yetti tumanida soliq inspeksiyalari rahbarlari lavozimlaridan ozod etilgan (Uchtepa, Mirobod, Bektemir, Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur va Sergeli tumanlari - tahr.).
Bundan tashqari, shahar hokimligi va soliq idoralari rahbarlarini byudjetga tushumlarni ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilganligi qattiq tanqid ostiga olingan.
O‘z navbatida, prezident videoselektoridan keyin Soliq qo‘mitasida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan faoliyati tanqid qilingan Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Sergeli, Yunusobod, Bektemir va Shayxontohur tumanlari inspeksiyalari boshliqlarining o‘z lavozimidan ozod etilgani to‘g‘risidagi Davlat soliq qo‘mitasining buyrug‘i e’lon qilindi.
Toshkent shahri davlat soliq xizmati organlarining xodimlar tarkibini zudlik bilan qayta ko‘rib chiqish, ularning lavozimiga layoqatliligi darajasini baholash, xizmat vakolatidan chetga chiqqan holatlar aniqlangan taqdirda, mehnat shartnomasini bekor qilish zarurligi qayd etilgan.
Aynan bu yo‘nalishda ish olib borish uchun maxsus ishchi komissiyasi tuzilib, tizimga mas’uliyatli yosh mutaxassislarni jalb qilish vazifa qilib qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi