Yaqinda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan 5900 AQSh dollarini 49 973,0 ming so‘mga noqonuniy sotayotgan fuqaro A.A. ushlangandi.
Uning ishi sudga oshirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudida ko‘rilayotgan bo‘lgan. Sudlanuvchining «Anas» ismli tanishi sudda A.A.ga jazoni yengillashtirib berishida amaliy yordam so‘rab, sudning arxiv bo‘limi mudiri M.T.ga pora taklif qilgan. Holat yuzasidan M.T. sud raisiga xabar bergan.
Joriy yilning 3 aprel kuni Sudyalar oliy kengashining sudyalar daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha inspeksiyasi va tegishli idoralar tomonidan tezkor tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir natijasida «Anas» ismli shaxs sud xodimi M.T.ga 400 AQSh dollari berayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat kodeksining 211 moddasi, pora berish jinoyati bilan ish ochilgan va tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi