Joriy yilning 6 aprel kuni soat 19:30 larda Lacetti rusumli xizmat avtomashinasini tegishli hujjatlar asosida boshqarib kelayotgan IIBB xodimi U.Q. Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 4-uy qarshisida piyodalar o‘tishi belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda M.Z.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Daryo»ga ma’lum qildi.
Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan M.Z. shu kuni soat 23:40 da Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi «Jonlantirish» bo‘limida vafot etgan.
O‘tkazilgan sud tibbiy ekspertizasining 07.04.2019 yildagi dastlabki xulosasiga ko‘ra, M.Z.ning o‘limi «bosh miya yopiq jarohati, ko‘krak qafasi yopiq jarohati, o‘ng boldir suyaklarini jarohatlari» natijasida kelib chiqqanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 08.04.2019 yilda Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi