
Janubiy Koreya prezidenti Mun Je In 16-23 aprel kunlarida Markaziy Osiyo bo‘ylab turne uyushtiradi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
Janubiy koreyaliklar prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 18-21 aprel kunlarini Mun Je In O‘zbekistonda o‘tkazadi. U shuningdek, 16-18 aprel kunlari Turkmanistonga, 21-23 aprel kunlari Qozog‘istonga tashrif buyurishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil noyabrida Janubiy Koreyaga safar uyushtirgandi.
Ushbu tashrif doirasida 75ta hujjat imzolangan, energetika va neftgazkimyo sohasida – 2,95 mlrd. dollarlik, bank-moliya sohasida – 2,7 mlrd. dollarlik, qurilish va infratuzilmani rivojlantirishda – 1,7 mlrd. dollarlik bitimlar tuzilgandi.
Shuningdek, davlat tashrifi mobaynida o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning kengaytirilishiga qaratilgan bir nechta muhim kelishuvlarga erishilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar