16:13 / 11.04.2019
3 095

Ombudsman Sergelidagi uylar muammosini nazoratiga oldi

Ombudsman Sergelidagi uylar muammosini nazoratiga oldi
Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan arzon ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar aholisining ular yashayotgan uy-joylar narxining oshishi yuzasidan noroziligiga sabab bo‘lgan holat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan nazoratga olindi. Bu haqda Ombudsman rasmiy saytida informatsion bildirish taqdim etildi.

Shuningdek, 2019 yil 4 aprel kuni mazkur tumanning (massiv 5A) 27-uyida yashovchi 32 nafar fuqaroning Ombudsmanga yozgan jamoaviy murojaati ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan. Unda fuqarolar MChJ «O‘zshahar qurilish invest» tomonidan qabul qilingan turar joy maydonining bir kvadrat metri narxini 2,841 dan 3,981 million so‘mgacha oshirish to‘g‘risidagi qarorga norozilik bildirishgan.

2017—2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yilning 22 noyabrdagi va 2017 yil 23 oktyabrdagi qarorlari ijrosini batafsil o‘rganish ham vakil maqsadlaridan biridir.

Ushbu jarayonda Ombudsman va uning vakillari murojaat qilgan fuqarolar, tegishli davlat organlari, shu jumladan mahalliy hokimiyat organlari, qurilish tashkilotlari va tijorat banklarining mansabdor shaxslari bilan shaxsiy uchrashuvlar tashkil etadi. Shu bilan birga, fuqarolarga turar joyni topshirish bilan bog‘liq shartnomaviy-huquqiy bazaning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligini o‘rganish ham rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, mazkur masala yuzasidan murojaatlarning ko‘rib chiqilishida Toshkent shahar hokimiyatida tashkil etilgan tezkor ishchi guruh tarkibida Ombudsmanning ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, qonunchilikda kafolatlangan fuqarolarning huquqlarini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi.
Ombudsmanga murojaat qilgan fuqarolarga mazkur masalani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha muntazam ravishda ma’lumot berib boriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ombudsman Sergelidagi uylar muammosini nazoratiga oldi