Foto: IIBB
10 aprel kuni Toshkentning Olmazor tumanida Qichqiriq kanali bo‘ylab sayr qilib yurib, uch qizi bilan kanalga tushib ketgan ayolni Toshkent shahar IIBB sobiq xodimi qutqarib qoldi. Bu haqda IIBB xabarida aytiladi.
Hodisa taxminan 10:30 lar atrofida Chimboy turar-joy massivida sodir bo‘lgan. 36 yoshli ayolning 7 yoshli kichik qizi daraxtdan dovuchcha uzaman deb suvga tushib ketgan. Uni qutqarish uchun onasi o‘zini suvga tashlagan. Ayolning 9 va 14 yoshli qizlari ham yordamga shoshilib, suvga tushgan. Kichik qizni sohilga chiqarib qo‘yishgan, ammo o‘zlari cho‘ka boshlagan va odamlarni yordamga chaqirgan.
Shu yerdan o‘tib ketayotgan bir erkak baqiriqlarni eshitib, yordamga shoshilgan. O‘zini suvga otib, cho‘kayotganlarni qutqargan, so‘ng tez yordam chaqirgan. Shifokorlar ularning ahvolini qoniqarli deb topgan.
Ona-bolalarni qutqargan erkak IIBB sobiq xodimi, mayor, ayni paytda pensiyada bo‘lgan Husanboy Qurbonovich Mansurov bo‘lib chiqdi. Ayol va qizlari unga minnatdorlik izhor etdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi