Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev o‘zining Telegramm sahifasida shu kunlarda OAVlarda keng muhokama qilinayotgan mavzu: Sergeli tumanida qurilayotgan arzon uy-joylar narxlari keskin oshirilgani yuzasidan munosabat bildirdi.
"O‘tgan yilning yozida Sergelida qurilayotgan uy-joylarning narxi keskin oshib ketganligi yuzasidan dastlab Toshkent shahar hokimi va "O‘zshaharqurilishinvest" IK, keyinchalik Qurilish vazirligi, "O‘zqurilishmateriallari" AK va boshqa mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovi bilan chiqib, ularni ushbu masalaga ochiq ko‘z bilan, bir oyda 1 yoki 1,5 million daromad qiladigan uyga muhtoj oilaning qarichi bilan qarab, xulosa chiqarishlarini so‘rovdim.
Afsus shahar hokimi jamoasi o‘shandayoq bu masalaga ko‘z yumib qo‘ya qoldi: bir oy urinib, axiyri sarson so‘rovni "O‘zshaharqurilishinvest" IKga yo‘naltirishgan xolos.
Qolganlari ham uzoq tushuntirishib, oddiy aytganda "aravani rosa sudrash"dan nariga o‘tishmadi. Biroq 2019 yilda narx oshmaydi, maxsus loyiha ishlab chiqdik, degan va’dalar bor edi...qani?
Xullas o‘sha vaqtda qo‘yilgan savolimga hozirgacha javob ola olmayapman: baraka topgur quruvchi, direktor, rais, hokim va ko‘plab mas’ullar yana so‘rayapman: Sizlarning uyga muhtojlar uchun “arzon uy-joy”, degan uylaringiz respublika bo‘ylab qurilayotgan ayrim tijorat uylaridan ham qimmatga aylanib ketayaptiku! Kamiga sifatsiz degan gaplar yuribdi. Buni qanday izohlaysizlar? Bu uylarni arzon deyish mumkinmi?",- deb fikr bildirgan Kusherbayev.
Deputat shuningdek, ajdodlardan meros qolgan "lafz" degan gap borligini, oxirigacha lafzdan qaytmaslik kerakligini, aks holda buning oxiri voy va sharmandalik" ekanini qo‘shimcha qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi