12:42 / 17.04.2019
7 185

“Boriga Baraka” koʻrsatuvining homiylari koʻpaygandan koʻpaymoqda (video)

“Boriga Baraka” koʻrsatuvining homiylari koʻpaygandan koʻpaymoqda (video)
"Bu dargohdan hech kim norizo bo‘lib ketgan emas" shiori bilan "Zo'r TV" telekanalida o‘z faoliyatini olib borayotgan "Boriga Baraka" loyihasi ajoyib va qiziqarli ko‘rsatuv chiqdi-da! Nima deysiz? Kimlardir bu ko‘rsatuvning haqiqiyligiga ishongan bo‘lsa (o‘yinda ishtirok etganlar), yana kimlardir haligacha ishonmaydi.

Demak, ular ham o‘yin ishtirokchisi bo‘lib ko‘rishlari kerak. Xullas, nima bo‘lgan taqdirda ham loyiha ijodkorlariga omad tilaymiz. Lekin nimagadir meni ushbu ko‘rsatuvning homiylari qiziqtirmoqda. Bu ko‘rsatuvning hamkor homiylari ko‘paygandan ko‘paymoqda.

Menimcha, homiy ko‘paygani sayin o‘yin ishtirokchisiga aylanish ham qiyin bo‘lib bormoqda. Bu haqda loyiha mualliflari nima derkin? Shu ko‘rsatuvni ko‘rib o‘tirganimda xayolimga homiylarni sanab chiqish fikri keldi. Bu sizni ham qiziqtiradimi? Xo‘sh, "Boriga Baraka" loyihasining homiylari:
1. "Atlas" ko‘ngilochar savdo majmuasi
2. "Eco Bozor" savdo markazi
3. "Crafers" savdo belgisi (bosh homiy)
4. "CLICK" MChJ kompaniyasi
5. UZPAYNET kompaniyasi
6. “Samsung” kompaniyasi
7. "Dolce Fresh" sharbat ishlab chiqaruvchi kompaniya
8. "Agrobank" Aksiyadorlik tijorat banki
9. AKFA Medline ko‘p profilli tibbiyot markazi
10. "Art by Sofia" brendi (Sabinaxon kiyib chiqadigan liboslar)
Qarangki, 10 ta hamkor-homiy! Yana qaysi o‘zbek ko‘rsatuvida shuncha homiylar bor. Agarda keyingi ko‘rsatuvdan yana boshqa kompaniyalar nomini eshitsangiz hayron qolmang. Axir bu "Boriga Baraka"!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Boriga Baraka” koʻrsatuvining homiylari koʻpaygandan koʻpaymoqda (video)