
14 aprel kuni “Moviy gumbazlar” restorani yaqinidagi skeyt maydonchasida ikki zoʻravon skeytchilarni kaltakladi deb yozadi Sputnik.
Poytaxt IIBB xabariga koʻra, mojaro 40 yoshli A.M., 28 yoshli E.T. hamda 22 yoshli P.K., K.K., va R.X.lar, orasida sodir boʻlgan.
“Voqea joyiga tezkorlik bilan yetib kelgan YPX guruhi janjalni toʻxtatdi. 22 yoshli P.K., K.K. va R.X.lar olgan jarohatlari tufayli shifokorga murojaat qilishdi“, — deyilgan xabarda.
Ushbu holat yuzasidan jamlangan materiallar Yakkasaroy tumani maʼmuriy sudiga yuborilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar