Soliq to‘lovchining boshqa soliqlardan qarzdorligi mavjud bo‘lmaganda ortiqcha to‘langan soliq summalari qaytariladi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi.
Ortiqcha to‘langan soliq summalarini qaytarish uchun soliq to‘lovchi soliq organlariga ortiqcha to‘langan soliq summasini qaytarish haqidagi ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Arizaga to‘lov hujjatining (chek, kvitansiya) nusxasini ilova qilish mumkin.
Ortiqcha to‘langan soliqni qaytarish haqida ariza elektron soliq xizmatlari portali orqali berilishi ham mumkin.
Arizani ko‘rib chiqish va ortiqcha to‘langan soliq summasini qaytarish 15 ish kunidan oshmasligi kerak.
Ortiqcha to‘langan soliq summasi soliq to‘lovchining bankdagi hisobvarag‘iga pul o‘tkazish orqali qaytariladi.
Ortiqcha to‘langan soliq summasini qaytarish rad etilganda yoki qaytarish haqida qaror qabul qilinmaganda soliq to‘lovchi sudga murojaat qilish huquqiga ega. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi