Neoo‘zbek, ya’ni zamonaviy o‘zbek bo‘lish qiyin emas.
Taxminan, 5-10 ta «yevro» so‘zlarni kundalik lug‘atga qo‘shasan, yozgan matningda shunday so‘zlar tanlaginki, o‘zbekchada umuman muqobili bo‘lmasin.
"Ma’naviyat" so‘zining ustidan qotasan, "chirigan G‘arb" terminini sarkazmingga qo‘shib ketasan, "surish kerak" istilohini shior darajasiga olib chiqasan, o‘zing uchun.
"O‘zbekchilik", "qadriyat", "milliylik" tushunchalariga miloddan oldingi uchinchi ming yillikka qaraganday qaraysan.
Va o‘ylaysanki, bizda erkinlik yo‘q, fikr qadrlanmaydi jamiyatda, ziyoli zoti tikka kelsa, tepadagilar po‘kka qiladi.
Salgina "populist" bo‘l, yo‘qsa "neoo‘zbek" bo‘lolmaysan.
Neoo‘zbek qatlamning aniq bir prinsipi yo‘q, o‘zini yangilikka o‘ch deb hisoblaydi, masalan, ilmda Beruniy yoki Farobiydan misol ayta olmaydi, Bill Geyts bilan Stiv Jobsning yo‘riqnomalarini ko‘zini yumib yoddan aytib beradi.
Jadidlar yangilikka intilgan edilar, lekin ular yangilik qilishdi, ular eng birinchi o‘rinda ma’rifat uchun qayg‘urdilar, maktab ochishdi, teatr tashkil qilishdi, matbuotni yaratishdi. Ularning xatti-harakati besamar ketmadi, o‘ylaganlari matn holida qolib ketmadi.
Ular ham aslida "neoo‘zbek" edilar, lekin aniq maslaklari bor edi.
Bugungi "neoo‘zbek"larda maslakning o‘zi yo‘q, e’tiqod ham haminqadar deb qo‘rqaman. Imkon bo‘lsa-yu, chet tilini o‘rganib, xorijga sursa.
Millat nima bo‘ladi, sen suraversang, aniq maslaging bo‘lmasa, muddaong matnda qolib ketaversa, fikrlaringni oyog‘i chiqmasa.
Shu gaplar...
Bo‘taqul Bolta
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...