Foto: Telegram
18 aprel kuni soat taxminan 19:30 da Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Buvayda qishlog‘ida joylashgan metan gaz quyish shoxobchasida Lacetti avtomashinasi portlab ketgan deb yozadi "Daryo" nashri.
«Daryo» manbasining ma’lum qilishicha, portlashga propan gaz uchun mo‘ljallangan ballonga metan gaz quyilishi sabab bo‘lgan. Lacetti avtomashinasining egasi o‘zboshimchalik bilan propan gaz uchun mo‘ljallangan ballonni metanga moslashtirib olgan va undan kam miqdorda gaz quyish orqali foydalanib kelgan. Hodisa sodir bo‘lgan kuni Lacetti’ni haydovchining do‘sti boshqargan va avtomashinaga propan gaz uchun mo‘ljallangan ballon o‘rnatilganidan bexabar bo‘lgan.
Foto: Telegram
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Biroq Lacetti’ga jiddiy shikast yetgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda avtomashinaning orqa qismi deyarli yo‘q bo‘lib ketganini ko‘rish mumkin.
Foto: Telegram “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi