«Mersedes-Bens» tirkamasi ostiga yashirilgan 1050 litr dizel yoqilg‘isi fosh etildi

Bojxona xodimlari yoqilg‘i mahsulotlarini mamlakat hududiga noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlarga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.
Xususan, “Olot” chegara bojxona posti xodimlari yurtimizga kirib kelgan fuqaro G.M boshqaruvidagi “Mersedes-Bens” rusumli yuk avtomashinasini bojxona nazoratidan o‘tkazishdi.
Natijada avtomashina tirkamasining ostki qismiga yashirincha olib o‘tish maqsadida 1050 litr dizel yoqilg‘isi berkitilganligi fosh etildi.
Umumiy qiymati 5 730 000 so‘mni tashkil etuvchi ushbu mahsulotlar qonunbuzardan ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Xususan, “Olot” chegara bojxona posti xodimlari yurtimizga kirib kelgan fuqaro G.M boshqaruvidagi “Mersedes-Bens” rusumli yuk avtomashinasini bojxona nazoratidan o‘tkazishdi.
Natijada avtomashina tirkamasining ostki qismiga yashirincha olib o‘tish maqsadida 1050 litr dizel yoqilg‘isi berkitilganligi fosh etildi.
Umumiy qiymati 5 730 000 so‘mni tashkil etuvchi ushbu mahsulotlar qonunbuzardan ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…