15:34 / 29.04.2019
3 830

IIBB Toshkentda “samosud” uyushtirgan shaxslar boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi (video)

IIBB Toshkentda “samosud” uyushtirgan shaxslar boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi (video)
Bir necha shaxsning erkak kishini kaltaklayotgani tasvirlangan video internetda tarqaldi. IIBB xabariga ko‘ra, ushbu video Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganilgan va «Matiz» avtomashinasi yo‘lovchisini do‘pposlagan shaxslar aniqlangan.

Hodisa 22 aprel kuni soat 23:00larda Shayxontohur tumanidagi «Chaqar» mahallasida sodir bo‘lgan. 38 yoshli A.X. tanishlari, 37 yoshli D.G. va 38 yoshli A.M. bilan ushbu mahallada joylashgan kafeda kechki ovqat tanovul qilgan. Mast holatda bo‘lgan A.X. ushbu kafeda ishlovchi ofitsiant qiz, 23 yoshli R.R. bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Mojaroga guvoh bo‘lgan A. qizning yonini olgan, so‘ng kafedan chiqib, ketmoqchi bo‘lgan.

A.X. va uning ikki tanishi uning ortidan chiqib, jamoat joyida o‘zini tutish qoidalariga rioya qilmasdan, keyinchalik internetda e'lon qilingan ziddiyatni keltirib chiqarishgan. Voqeadan so‘ng A. ketgan, u hozirgi vaqtga qadar na davolash muassasasi, na IIBga hodisa hamda tan jarohatlari haqida murojaat qilmadi, shu sababdan uning shaxsi hozircha aniqlanmadi. IIB xodimlari voqea joyiga yetib kelganida, bezorilar qonunga zid harakatlarni to‘xtatish va yaqin oradagi IIB bo‘limiga borish bo‘yicha talablarni bajarishdan bosh tortgan.

R.R.ning Shayxontohur tumani IIBga bergan arizasi bo‘yicha A.X., D.G. va A.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 183- (Mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismida (Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzildi. Shayxontohur tumani ma'muriy ishlar bo‘yicha sudi ushbu shaxslarni huquqbuzarlik sodir etishda aybdor deb topdi va ularning har biriga 15 sutkadan ma'muriy qamoq jazosi ko‘rinishidagi jazo tayinladi.

«Hurmatli fuqarolar va poytaxt mehmonlari! Ushbu hodisadagi jabrlanuvchining shaxsini aniqlashda yordam berishingizni so‘raymiz. Ma'lumotni 102 telefoni yoki eng yaqin ichki ishlar bo‘limiga taqdim etish mumkin», - deyiladi IIBB xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIBB Toshkentda “samosud” uyushtirgan shaxslar boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi (video)