2 969
Davlat soliq qo‘mitasi «qullar mehnati»dan foydalanish to‘g‘risidagi xabarga izoh berdi
Davlat soliq qo‘mitasi «qullar mehnati»dan foydalanish to‘g‘risidagi xabarni izohladi deb yozadi Kun.uz nashri.
Avvalroq internetda respublika soliq organlari xodimlarining «og‘ir» mehnat sharoiti haqida xabarlar tarqalgandi. Ularda aytilishicha, xodimlar belgilangan ish vaqtidan ortiq va dam olish kunlarisiz ishlamoqda.
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Normat Tursunovning so‘zlariga ko‘ra, «bu mish-mishlar asossizdir».
«Xodimlarning ish vaqti qat’iy belgilangan. Mish-mishlarda aytilgan ertalab oltidan boshlanadigan majlislarga keladigan bo‘lsak, bu ham yolg‘on. Biz uzoq yig‘ilishlar amaliyotidan amalda voz kechganmiz, bunday ertalabki vaqtda esa hech qachon yig‘ilish bo‘lmagan. Bizning ishimiz uzoq muhokama va yig‘ilishlarni emas, tezkorlik va ishga e’tiborlilikni talab qiladi», - dedi u.
U ayrim xodimlar dam olish kunlari ham ishga jalb qilinishi holatlari bo‘lib turishini qayd etdi.
«Ammo bunda mehnat qonunchiligiga rioya qilinadi – bunday kunda ishlaganlik uchun nizomga muvofiq ikki baravar haq to‘lanadi yoki xodim o‘z ixtiyoriga ko‘ra dam olish kunini olishi mumkin. Xodimlar huquqiga rioya qilinishi kasaba uyushmasi tomonidan nazorat qilinadi», - dedi Tursunov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?