date
views 3 298

Toshkent - Andijon pullik avtomobil yo‘li quriladi

Toshkent - Andijon pullik avtomobil yo‘li quriladi
Toshkent - Andijon pullik avtomobil yo‘li quriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytiladi.

Yo‘l qurilishi 2019 yilda ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari ro‘yxatidan joy olgan. Loyiha qiymati hozirgi paytda aniqlanmoqda.

Bunda 2019 yil iyun oyida Jahon banki bilan konsultatsiya xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha bitim tuzish, 2020 yil yanvar - DXSh loyihasi bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash, 2020 yil mart - qiziqishni bildirish takliflarini e’lon qilish, 2020 yil aprel - loyiha konsepsiyasini ma’qullash, 2020 yil iyun - dastlabki malakani saralash bosqichida ishtirok etish so‘rovini e’lon qilish, 2020 yil sentyabr - ishtirokchilarni baholash hamda saralash, 2020 yil sentyabr - takliflar so‘rovini e’lon qilish, 2020 yil dekabrida tender g‘olibini e’lon qilish, bitimni imzolash rejalashtirilmoqda.

Qurilish ishlari 2021 yil avgust oyida boshlanishi mo‘ljallangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent - Andijon pullik avtomobil yo‘li quriladi