Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sherzod Xojizodayev lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda «Gazeta.uz» o‘zining hukumatdagi axborot manbasiga asoslanib xabar berdi.
1- may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida «Har bir oila — tadbirkor» dasturi ijrosini sifatli tashkil etish, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish borasidagi ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Axborot manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, yig‘ilishda yosh oilalarga imtiyozli kreditlar ajratish va kreditlarni o‘zlashtirish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar tanqid ostiga olindi. Poytaxt ma’muriyatida ushbu yo‘nalishda mas’ul hisoblangan Sherzod Xojizodayev vazifasidan ozod qilindi.
Sherzod Xojizodayev 2018 yil 4 oktyabr kuni Toshkent hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Unga qadar Markaziy bank raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Davlat rahbari matbuot xizmatining qayd etishicha, «Har bir oila — tadbirkor» dasturi ijrosi joylarda mutlaqo qoniqarsiz tashkil etilgan uchun respublika komissiyasi rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Markaziy bank hududiy boshqarmalari rahbarlari ogohlantirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi