date
views 5 394

Murod Xonto‘rayevni pichoqlagan niqobli kishilarning maqsadi aniqlandi

Murod Xonto‘rayevni pichoqlagan niqobli kishilarning maqsadi aniqlandi
Foto: «Worldnews»
2018 yilning noyabr oyida noma’lum shaxslar o‘zbekistonlik MMA kurashchisi Murod Xonto‘rayevga hujum qilganlari ma’lum qilingan edi.

Buning oqibatida sportchi shifoxonaga yotqizilgan. Aniqlanishicha, hujum qilgan 7 jinoyatchining 6 nafari avval sudlangan bo‘lgan va ularning barchasi qo‘lga olingan. Niqobli kimsalar tomonidan amalga oshirilgan hujumga sabab sportchi ularning tanishi Furqat Teshaboyevni AURUM 898 klubi yonida do‘pposlagani bo‘lgan.

Ular o‘z hujumlarini bir necha kun davomida rejalashtirganlar, Chorsu bozoridan qora niqob va maxsus kiyimlar sotib olishgan. Ularning qo‘llarida esa temir trubalar, pichoq hamda pnevmatik pistolet ham bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Murod Xonto‘rayevni pichoqlagan niqobli kishilarning maqsadi aniqlandi
-->