
Yurtimiz aholisi soni yildan-yilga o‘sib bormoqda. 2019 yil 1 yanvar holatida mamlakatimizda doimiy yashovchi aholi soni 33,3 mln. ekanligi qayd etilgan. Yillik o‘sish surati esa 597,4 mingni tashkil qilgan. Ilk farzand ko‘rish yoshi o‘rtacha 23,7 yoshga to‘g‘ri kelgan.
Albatta har kim dunyoga kelgan farzandiga o‘z o‘rnida munosib ism tanlashga urinadi.
Shu ma’noda sizningcha, go‘daklarga ism berishda eng ko‘p tanlov qaysi bo‘lgan deb o‘ylaysiz?
O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, sarhisoblar eng ko‘p ommalashgan ism sifatida o‘g‘il bolalarga Mustafo, qiz bolalarga Soliha ismi ko‘p qo‘yilgan. Bu ismlar dunyoning deyarli ko‘plab mamlakatlarida musulmon ahli orasida ham ommabop desak, adashmagan bo‘lamiz.
Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar