Tarixiy va islomiy yodgorliklarga boy Buxoro shahri har yili minglab mehmonlarga mezbonlik qiladi. Betakror binolarimiz yillar mobaynida chet ellik ziyoratchilarni hayratga solib kelgan. Ziyoratchilarning asosiy maqsadi ham Islom sivilizatsiyasi elementlari, Sharq salobatini tomosha qilish, shu bilan bizning buyuk ajdodlarimiz, boy tariximiz bilan tanishishdir.
Labi Hovuz o‘ziga xos tarixiy me’moriy yodgorligimiz hisoblanadi. U yerda hozirgi kunda zamonaviy «diskoteka» tashkil qilingan. Baland ovozli musiqa, spirtli ichimliklar, mast-alast kishilarning o‘zini bilmas hollari... Bu bizga kerakmi?
Ziyorat uchun kelgan mehmonlar kechqurun sayrga chiqqan edi. Uchta mehmon, ko‘rinishidan bir oila, buvisi, otasi farzandi bilan hovuz yonidan bu holatdan norozi, yuzini jirkanib burishtirgan-cha tez-tez yurib ketayotganiga guvoh bo‘ldik.
Yurtimizga tarixni va xususan Islom tarixini o‘rganish uchun tashrif buyurgan sayyohlar bu kabi manzaralarni ko‘rib, xalqimiz, qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz haqida noto‘g‘ri fikrga borishlari mumkinligi bizning ko‘nglimizni ham xira qildi. Bu yurtimiz turizm rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi muqarrar.
Agar Labi Hovuzdagi bu salbiy holatning oldi olinmas ekan, Buxoroga qadimiy obidalarimizning ixlosmandlari emas, balki ayshu ishrat, ”g‘alati bazm”larning tarafdorlari “ko‘ngilxushlik” istab, kelishlari ehtimoldan yiroq emas.
Qadimdan ilmu irfon markazi bo‘lgan Buxoroning qadrini saqlaylik, ko‘z qorachidek asraylik.
Fotima
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi