3 737
Prokuratura Qo‘qonda ro‘zador o‘quvchilar issiqda yugurtirilgani bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi
Illyustrativ surat. Foto: BBC
6 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahridagi 8-maktab direktori darsdan so‘ng ro‘za tutgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini issiq havoda maktab hovlisida yugurtirgani haqidagi xabar tarqalgan edi. Farg‘ona viloyat prokuraturasi ushbu holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Aniqlanishicha, Qo‘qon shahridagi 8-sonli umumiy ta’lim maktabi 1928 yilda qurilgan bo‘lib, maktab 608 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan va hozirda 912 nafar, shundan 523 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tahsil olib kelmoqda.
O‘rganish davomida maqolada ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan 8-sonli umumiy ta’lim maktabi direktori va boshqa mansabdor shaxslari hamda o‘qituvchilardan yuqoridagi holat yuzasidan tushuntirishlar olindi.
Holat yuzasidan tushuntirish bergan maktab direktori F.Jabborova ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlar noto‘g‘ri ekanligini, joriy yilning 6 may kuni tushlik vaqtida darslari tugab uyga qaytayotgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘zlarini ehtiyot qilib yurishlarini aytib, ularga hech qanday tazyiq o‘tkazmaganligini bildirgan.
Shu kabi, maktab o‘qituvchilari ham o‘z tushuntirishlarida maktab hududida bunda salbiy holat umuman bo‘lmaganligini bayon qilishgan.
Shuningdek, holat yuzasidan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan pedagog psixologlar ishtirokida suhbatlashilganda, ro‘za tutgan bolalarni hech kim maktab hovlisida yugurtirmaganligini bildirgan.
«O‘rganish davomida maktab direktori F.Jabborova tomonidan joriy yilning 6 may kuni ro‘za tutgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini maktab hovlisida yugurtirganligi holati o‘z tasdig‘ini topmadi», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat"
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi