
Foto:«Xushnudbek.uz»
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar xususida post qoldirdi.
«Yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlardan yana biri haqida ham alohida to‘xtalishni lozim deb topdik.
Bundan buyon svetoforning taqiqlovchi ishorasida to‘xtash chizig‘i oldida to‘xtaganda transport vositasining eng oldingi nuqtasi to‘xtash chizig‘i ustiga chiqib ketmasligi kerak» deya yozadi huquqshunos.
Shuningdek, bu qoidaning muhimligi shundaki, videokuzatuv o‘rnatilgan chorrahalarda bundan buyon kameralar old bamperi chiziq ustiga chiqib ketgan mashinalarga ham avtomatik jarima solishni boshlaydi. Shu sababli, tormozni sal vaqtliroq bosish, svetofor chiroqlariga hushyorroq bo‘lmoq kerak. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar