17:40 / 16.05.2019
2 822

“Elektoron hukumat” — soliq tizimida qulayliklar yaratmoqda

“Elektoron hukumat” — soliq tizimida qulayliklar yaratmoqda
Bugun mamlakatimizda “Elektoron hukumat” tizimining keng joriy etilgani hujjat yuritishdagi imkoniyatlarimizni kengaytirib, tashkilotlar bilan elektron muloqot o‘rnatishda eng qulay vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Davlat soliq qo‘mitasida joriy qilingan “Elektron hukumat” tizimi doirasida zamonaviy axborot tizimlarini qo‘llash orqali soliq ma’muriyatchiligining shaffofligi, soliq solish masalalarida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish hamda nazorat samaradorligi ta’minlanmoqda. Qo‘mitaning hududiy boshqarmalarida mavjud axborot resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatini beruvchi uslullar amaliyotda joriy qilindi.

Xususan, Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasiga qarashli 23 ta tuman va shaharlarda soliq to‘lovchilarning portali soliq hisobotlarini elektron shaklda qabul qilish va qayta ishlash imkonini berib, hozirda bu tizimdan viloyatdagi barcha (99 foiz) tadbirkorlar samarali foydalanib kelmoqda.

Bu haqda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari Alovutdin Inagamov shunday deydi:
- Muassasamiz tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida fuqarolar va tadbirkorlarga mingdan ortiq elektron xizmatlar ko‘rsatildi. Ayni paytda boshqarma va uning tuman bo‘limlarida lokal kompyuter tarmoqlaridan ham samarali foydalanilyapti. Davlat soliq boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishining tezkorligini oshirish, ijro nazoratini kuchaytirish hamda ortiqcha qog‘oz sarfini kamaytirish maqsadida EDO (elektron hujjat almashinish tizimi) joriy etildi.

Ishga qabul qilinayotgan har bir xodimning kompyuter savodxonligini tekshirish maqsadida, maxsus test sinovlaridan o‘tish yo‘lga qo‘yildi. Ayni paytda AKTni tatbiq etish, axborot xavfsizligini ta’minlash, dasturiy ta’minotni kuzatib borish maqsadida boshqarma qoshida “Axborot kommunikatsion texnologiyalar sho‘’basi” faoliyat olib bormoqda.

Darhaqiqat, davlat soliq xizmati organlari faolitiyatiga zamonaviy AKTning keng joriy etilishi, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishga xizmat qilib, uning shaffofligini ta’minlaydi. Bu esa mahalliy byudjet barqarorligi garovidir.

Toshkent viloyati DSB axborot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Elektoron hukumat” — soliq tizimida qulayliklar yaratmoqda