3 661
Pensiya jamg‘armasi: «Xalq banki» xodimlari pensiya to‘lashda belgilangan tartibga rioya qilishmagan
Pensiya jamg‘armasi bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni hamda «Pensiyalar va nafaqalar to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq pensiya va nafaqalarni o‘z vaqtida hamda to‘liq yetkazib berilishi to‘lovlar plastik kartochkalarga asossiz ravishda o‘tkazish, yotoqdagi pensionerlarga pensiya va nafaqalarning o‘z vaqtida yetkazib berilishi va boshqa pensiya va nafaqalar tarqatilishi doimiy turda monitoring qilib boriladi.
Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan monitoringlarda, ayrim hududlarda AT «Xalq banki» xodimlari tomonidan belgilangan tartibga zid ravishda to‘lovlarni amalga oshirilgan holatlar aniqlandi. Jumladan:
- vafot etgan fuqarolarning 25,1 mln. so‘mlik pensiyalari boshqa shaxslarga to‘langan;
- bank xodimlari tomonidan 13,4 mln. so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgan;
Misol uchun, Farg‘ona viloyati Buvayda tumani «Qilovtepa» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro J.Rahmonovaning to‘lov vedomostidagi 405,5 ming so‘mlik to‘lovi AT «Xalq banki» sayyor kassa xodimi tomonidan o‘zlashtirib yuborilgan.
- 108 mln. so‘m tegishli hujjatsiz boshqa shaxslarga to‘langan;
- yotoqdagi fuqarolarga 210,9 mln.so‘m asossiz yetkazib berilmagan.
Yuqoridagi kamchiliklarga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, Pensiya jamg‘armasi AT «Xalq banki» bilan hamkorlikda tizimga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish hisobiga pensiya va nafaqalarni yetkazish jarayonida inson omilini kamaytirish, jumladan, ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribalari asosida pensiya va nafaqa oluvchilarni identifikatsiyalash hamda elektron pensiya guvohnomalari (ID-kartalar)ni O‘zbekiston Respublikasida joriy qilish rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi