3 265
Tergovchi 27 500 dollar pora taklif qilinayotgani haqida viloyat prokuroriga xabar berdi
Andijon viloyati, Paxtaobod tuman prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishi yuzasidan fuqaro I.I. (1970 y.t.) jinoyat ishining o‘ziga oid qismini ijobiy hal qilib berishi uchun jami 27.500 AQSh dollari taklif qilib, shundan 7.500 AQSh dollarini naqd shaklda hamda “J.S.K.” AJ hududidagi bozor narxi 20.000 AQSh dollariga teng bo‘lgan savdo do‘konini tergovchi aytgan fuqaro nomiga rasmiylashtirib berishni aytib pora taklif qilgan.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovchisi viloyat prokurori nomiga fuqaro I.I. unga pora taklif qilayotganligi to‘g‘risida bildirgi bilan murojaat qilgan.
Fuqaro I.I. 21.05.2019 yilda tergovchiga kelishilgan 27.500 AQSh dollaridan 3.000 AQSh dollarini bergan hamda “J.S.K.” AJ hududidagi bozor narxi 20.000 AQSh dollariga teng bo‘lgan savdo do‘konini rasmiylashtirib berish uchun tergovchidan pasport nusxani olayotgan vaqtida viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan I.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi