
Bugun, 24 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi va bir necha ob’ektlarga tashrif buyuradi.
Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, davlat rahbari poytaxtning Olmazor tumaniga borishi kutilmoqda. Prezidentga bosh vazir Abdulla Aripov hamrohlik qiladi.
Prezident tashrif davomida Talabalar shaharchasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishadi, Innovatsion rivojlanish vazirligi uchun qurilayotgan yangi binoni borib ko‘radi, tumanda amalga oshiriladigan ishlar loyihalari bilan tanishadi.
Kunning ikkinchi yarmida Olmazor tumani rahbarlari, mahallalar raislari, ziyolilar va mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar