10:44 / 27.05.2019
4 760

Otabek Umarov: «Habib Nurmagomedov jonajon O‘zbekistonimizga mehmon bo‘lib tashrif buyurdi»

Otabek Umarov: «Habib Nurmagomedov jonajon O‘zbekistonimizga mehmon bo‘lib tashrif buyurdi»
Foto: Instagram/@otabek_muhammadalievich
O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov O‘zbekistonga tashrif buyurgan UFC chempioni Habib Nurmagomedov bilan birga tushgan suratini Instagram’dagi sahifasiga yuklab quyidagicha izoh qoldirdi.

«Taniqli aralash jang sanati ustasi, rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmagomedov jonajon O‘zbekistonimizga mehmon bo‘lib tashrif buyurdi. U bilan birga sport zalida hamyurtlarimiz bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazdik, ular ajoyib inson bilan muloqot qilishga muyassar bo‘ldilar. U o‘zining mashhurligiga qaramay nihoyatda kamtar va samimiy inson ekan.

Habibning sportda erishgan yuksak natijalarida otasi Abdulmannop Nurmagomedovning katta hissasi bor. U o‘g‘liga sportning ilk sirlarini o‘rgatgan va o‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘ota olgan. Habib o‘z xalqining an’analariga sodiq munosib farzand, O‘zbekiston va butun dunyo yoshlari uchun namuna»
— deya yozadi Otabek Umarov.

Eslatib o‘tamiz, ikkinchi marta Toshkentga tashrif buyurgan Habib Nurmagomedov avvalroq O‘zbekiston Prezidenti kuyovlari bilan birga tushgan suratini Instagram’ga joylab izoh qoldirgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Otabek Umarov: «Habib Nurmagomedov jonajon O‘zbekistonimizga mehmon bo‘lib tashrif buyurdi»