date
views 3 267

O‘zbekistonda Ramazon hayiti arafasida afv e’lon qilinishi kutilmoqda

O‘zbekistonda Ramazon hayiti arafasida afv e’lon qilinishi kutilmoqda
O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov Ramazon hayiti arafasida O‘zbekistonda afv e’lon qilinishi kutilayotganini aytdi.

“Diniy sabab bilan qamalganlarning ishini o‘rganish jarayoni to‘xtamagan. “Qora ro‘yxat”dan chiqarilgan odamlardan hol-ahvol so‘rab turilibdi, kamchiliklari o‘rganilayapti. Bu holatni ham ba’zida noto‘g‘ri tushunadiganlar bor. Prezidentimizning o‘zi “Ulardan xabar olayapsizlarmi, nima kamchiligi borligi bilan shug‘ullanayapsizlarmi?” deb so‘raydi.

Ularni tashlab qo‘yganimiz yo‘q, ularni ishga qo‘yish, hatto uyida issiqxonalar qurib berish, jamiyat bilan aralashib ketishiga ko‘maklashish ishlari muntazam olib borilayapti. Yaqinda prezidentimiz tomonidan maxsus hay’at tuzildi. Bu hay’at jazoni o‘tash koloniyalariga borib, mahbuslar bilan maxsus shug‘ullanayapti.

Jarayon jadallashmoqda. Hay’at ichki ishlar xodimlari, imomlar va boshqa tashkilotlar vakillaridan tuzilgan. Maqsad Ramazongacha ularni ozod qilish. Ramazon arafasida umumiy avf e’lon qilinishi kutilayapti”, – deydi O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi.

Muftiyning ta’kidlashicha, so‘nggi 3 yil davomida diniy idoraning tashabbusi va prezidentning sa’y-harakatlari bilan 20 mingdan ortiq kishi “qora ro‘yxat”dan chiqarilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda diniy tashkilotlar to‘g‘risida qonun qabul qilinishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda Ramazon hayiti arafasida afv e’lon qilinishi kutilmoqda