07:13 / 29.05.2019
4 658

«Dinda maynavozchilik qilmaylik. Hech bo‘lmasa, Ramazonda!»

«Dinda maynavozchilik qilmaylik. Hech bo‘lmasa, Ramazonda!»
Foto: «Mehrob.Uz»
Qadr kechasi aniq Ramazonda. Ramazonning aniq oxirgi o‘n kunligida. Bu kechada maloikalar (farishtalar) va ularning eng ulug‘i bo‘lmish Jabroil (Ar-Ruh) alayhissalom Allohning izni bilan yerga tushishi ham aniq. («Qadr» surasi, 4-oyat).

Ammo aynan Jabroil alayhissalom bu kechada qayerga, qaysi makonga tushishini biz mutlaqo bilmaymiz. Bu haqda Alloh ham, Rasuli sollallohu alayhi va sallam ham xabar bermadi. Bu g‘ayb – biz uchun yashirin ish bo‘lib qoldi.

Qadr kechasi aynan qaysi kechada bo‘lishi haqida Qur’on va Sunnatda sahih va ochiq xabar kelmadi. Ramazonning oxirgi o‘n kunligida, uning toq kechalarida bu kechani kutib, ibodat bilan o‘tqizishga targ‘ib qilindi, ammo aniq qaysi kecha ekanligi aytilmadi. Bu g‘ayb – biz uchun yashirin ish bo‘lib qoldi.

Shunday ekan, bu kechani aniq bir kunga nisbat berish asossiz ish bo‘lsa, «Qadr kechasida Jabroil alayhissalom bilan ko‘rishishni xohlaysizmi? Falon masjidda xatmona bo‘lyapti (O‘sha yerga keling, ko‘rishasiz)», deyish shunchaki maynavozchilik bo‘ladi.

Har narsada chegara bo‘lishi kerak.
«Mehrob.Uz» saytiga, «Telegram» kanaliga mas’ul kishilar buni e’tiborga olishlari lozim.

Bu din, u omonat – asossiz narsalardan pok, bunga muhtoj ham emas.
Iltimos, dinda maynavozchilik qilmaylik. Hech bo‘lmasa, Ramazonda!
Musannif Adham

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Dinda maynavozchilik qilmaylik. Hech bo‘lmasa, Ramazonda!»