Biz ko‘pincha yaqinlashib kelayotgan ekologik falokat, global isish va muzliklarning erishi haqida eshitamiz. Biroq kundalik hayotda foydalaniladigan mahsulotlarning ishlab chiqarilishi bu jarayonga bevosita ta’sir etishi haqida o‘ylab ham ko‘rmaymiz. facte.ru ana shunday mahsulotlar haqida ma’lumot bergan.
Foto: Wikipedia
Losos
Losos balig‘ini yetishtirish atrof-muhitni kuchli zaharlaydi. Sabab shundaki, baliq yetishtirish uchun katta miqdorda elektr energiyasi va issiqlik zarur. Bu ko‘p miqdordagi chiqindilarga sabab bo‘ladi. Tabiatni himoya qilish tashkilotlari losos va boshqa baliq turini yetishtiradigan fermalarni ekologik toza energiyaga o‘tish, iste’molchilarni esa – ongli iste’molga chaqiradi.
Foto: Wikipedia
Pishloq
Barcha sut mahsulotlari ishlab chiqarishda qayta ishlovning uzun zanjiridan o‘tadi. Bu ularni ekologiya uchun zararli mahsulotga aylantiradi. Eng avvalo, gap pishloq haqida ketmoqda. Uni ishlab chiqarish vaqtida atmosferaga ko‘p miqdorda zaharli gazlar ajratiladi. Odamlar ko‘pincha eng oddiy narsalarni ishlab chiqarish ekologik vaziyatga qanday ta’sir qilishini bilishmaydi.
Foto: Wikipedia
Mol go‘shti
Mol go‘shti go‘shtning eng mashhur turi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning ulkan masshtabi tabiat uchun to‘g‘rilab bo‘lmas zarar yetkazadi. Ekologlar ratsioni qayta ko‘rib chiqish va ovqatlanishda «toza» mahsulotlarni tanlashni tavsiya etishadi.
Foto: Wikipedia
Qo‘zichoq go‘shti
Go‘shtning ushbu turi sayyora uchun eng xavfli hisoblanadi. Birinchidan, ularni yetishtirish uchun katta resurslar zarur. Ikkinchidan, jonivorlar boqiladigan ozuqa turli pestitsid va kimyoviy moddalar bilan to‘yintirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi